O`zim haqimda qisqacha
Men Karimov Dilyorbek 2009.05.13 sanasida bu dunyoni ilk bor ko`rganman. Andijon viloyati Bo`ston (Bo`z) tumanida yashayman. Oilada o`rtancha farzandman. Judayam qiziqqon odamman, hayolparastlikni ham yorib qoyaman👌. Boshlang`ich maktab paytida matematika faniga qiziqardim, matematikadan bilimim ancha yaxshi🤓. Keyin ingliz tiliga qiziqdim axir dunyoo tili-ku, kerak bo`lib qolar deb oz-moz o`rganib qoydim. Endi navbat dasturchilikka, o`rganishimni asosiy sababi qiziqaman, qiziqishimni sababi esa soqqa😁💰, va ortiqcha mehnat, kuch kerakmas👍. Dangasalik>Pul>Qiziqish 🙂! Futbol o`ynashni yoqtiraman, futbol ko`rishni, qanaqadir futbol kamandalarga muxlislik qilish, ma`lumot yig`ishni emas. Yoqtirgan onlayn o`yinim esa . Bo`sh vaqtimda kino yoki anime ko`rish yoqadi. Mb yo`q bo`lsa uxlayman🙂.
PUBG
Pubg o`yinini 2 yildan beri uynayman. Boshlagan sezonim 2.1 obnavleniya ya`ni Fir`avn versiya edi edi Adashmasam M17 chi sezon atrofida. Birinchi bo`lib Pubg lite uynaganman 2oy keyin globalga o`tganman. Birinchi device Redmi note 4x degan telefonda boshlaganan. 30fps edi menimcha. Hozir esa Note 8 pro 60fpsda uynayman. Blogerlardan GODZO LEADER ni clanida yurardm hozir esa clanda emasman chunki pubgni uynashni to`xtatgan edim va o`ylab ko`rib hazillashgan ekanman va yana qaytdim qaytganimga 1oy boldi endi. 51780715950 bu meni id im tdm uynamoqchi bo`lganlarga😅😁. Xuddi kimdir men bilan lobby uynashni xavas qiladigandek.
Mening qiziqishlarim
Yuqorida aytganimdek, men qiziqqon odamman. Har xil sirli narsalarga judayam qiziqaman masalan Bermud uchburchagi, Qora tuynuk, kvant fizikasi va h.k fizika va kimyo yoqmasa ham. Astranomiya ham bor koinot, boshqa gallaktiklar shunaqa jumboqli narsalar yoqadi. Bundan tashqari motorcycle larga va avtomobillardan DODGE va LAMBORGHINI ga ham qiziqaman. Motorcycle lardan Kawasaki va Ducati yoqadi. Poyga uchun Kawasaki H2R ammo bu model faqat track uchun.
Hobbyim
Mening yoqtirgan mashg`ulotim Pubg va kino yoki anime ko`rish. Men yoqtirgan anime bu o`zim ham bilmiman😅. Chunki menga yoqadiganlari ko`p masalan: Naruto, Jujutsu Kaisen, Blue Lock, Chainsawman, Bleach( hali tugatmagan bo`lsam ham ), Tokio revengers, Tokio ghoul va h.k. har biri o`ziga yarasha syujetga boy va qiziqarli. 1-chi ko`rgan animeyim Naruto. Blue Lock futbolga qiziqqanim uchun ko`rganman, driblingni yoqtiradigan hamda hujumda o`ynaydigan odamlar uchun ko`rishni tavsiya beraman, juda ham zo`r anime. Tokio revengers esa ko`cha bop anime, har xil ko`cha janglari va ko`cha bezorilari urushish sahnalariga boy. Ha o`ylaganingizdek o`zidan ko`chani yasab olganlarga tavsiya.